> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://fias.gitbook.io/docs/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://fias.gitbook.io/docs/other/contributing-introduction.md).

# Contributing (Introduction)

<figure><img src="/files/4zLsSEpdaQQuZJAvciLy" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

### Assalomu alaykum

Avvalo, **FIAS** loyihasiga bo‘lgan qiziqishingiz va yordam berishga tayyor ekanligingiz uchun tashakkur! Bu loyiha ochiq manbali (open-source) bo‘lib, u **React** va **Next.js** asosidagi frontend loyihalar uchun zamonaviy, optimallashtirilgan starter kit sifatida ishlab chiqilgan. Har bir foydalanuvchining hissasi — bu loyiha yanada kuchliroq, barqarorroq va foydalanuvchilar uchun qulayroq bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Siz quyidagi yo‘llar bilan hissa qo‘shishingiz mumkin:

* Kutilmagan xatoliklarni topish va bildirish
* Yangi imkoniyatlar (feature) taklif qilish yoki ishlab chiqish
* Hujjatlarni to‘ldirish va yaxshilash
* Kichik yoki katta kod islohotlari
* Foydali hook, util funksiyalar yoki komponentlar qo‘shish

Har qanday tajriba darajasiga ega dasturchilar uchun ochiqmiz — sizni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz!

Iltimos, davom etishdan oldin quyidagi bo‘limlarni diqqat bilan o‘qib chiqing:

* [FIAS kod standartlari va commit formatlari](/docs/other/contributing-introduction/kod-standartlari.md)
* [Lokalda ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar](/docs/other/contributing-introduction/lokalda-ishga-tushurish.md)
* [Pull Request yuborish tartibi](/docs/other/contributing-introduction/pull-request-yuborish.md)
* [Xatoliklar va funksional takliflar bo‘yicha yo‘riqnomalar](/docs/other/contributing-introduction/xatoliklar-va-funksional-takliflar.md)

Yana bir bor rahmat! Sizning hissangiz bu loyiha uchun juda muhim. Birgalikda kuchli, barqaror va ochiq frontend yechim yaratamiz 💪

— [Usmonov Azizbek](https://www.azizziy.uz/)
