Pull request yuborish
FIAS loyihasiga qo‘shgan hissangizni asosiy repositoryga taklif qilish uchun GitHub orqali Pull Request (PR) yuborishingiz kerak bo‘ladi. Quyidagi tartib FIAS’ga PR yuborishda aniq va yagona yondashuvni ta’minlaydi.
1. Fork va Klon
Agar sizda hali fork bo‘lmasa, avvalo FIAS repository’ni o‘z profilingizga fork qiling:
GitHub sahifasiga o‘ting: https://github.com/fiasuz/fias-ui
"Fork" tugmasini bosing.
O‘zingizga fork qilingan repository’ni klon qiling:
git clone https://github.com/YOUR-USERNAME/fias-ui.git
cd fias-uiKeyin asosiy repository’ni remote sifatida ulang:
git remote add upstream https://github.com/fiasuz/fias-ui.git2. Mos branchdan yangi branch oching
Har doim quyidagi branchlardan biri asosida ishlang:
templ-next→ agar Next.js asosida ishlayotgan bo‘lsangiztempl-react→ agar React.js asosida ishlayotgan bo‘lsangiz
Masalan:
git checkout -b feat/sidebar origin/templ-nextYoki:
git checkout -b fix/login-bug origin/templ-react🎯 Tavsiya: Branch nomida qilinayotgan o‘zgarish mazmuni aniq ko‘rinsin (masalan: feat/header-search yoki fix/modal-close).
3. O‘zgarishlaringizni bajaring
Loyihada kerakli funksiyalarni qo‘shing yoki mavjud kodni tahrirlang.
Iltimos, quyidagilarga amal qiling:
TypeScript ishlating
ESLint & Prettier bilan kodni tozalang:
npm run lint
npm run prettierHusky avtomatik tarzda lint va build tekshiruvlarini commit va push vaqtida ishga tushiradi
4. Commit yarating
Commitlar Conventional Commits formatida yozilishi kerak:
Misollar:
feat: kontakt sahifasiga email yuborish funksiyasi qo‘shildi
fix: mobil menyu yopilmay qolish muammosi tuzatildi
chore: .env.example faylga yangi o‘zgaruvchi qo‘shildi
Commit yozing:
git add .
git commit -m "feat: dark mode tugmasi qo‘shildi"Push qiling:
git push origin feat/dark-mode-toggle5. Pull Request oching
Endi GitHub sahifangizga o‘ting va "Compare & pull request" tugmasini bosing.
Pull Request ochishda:
To‘g‘ri bazaviy branch (templ-next yoki templ-react) tanlanganiga ishonch hosil qiling
PR nomi qisqa va aniq bo‘lsin
Description (tavsif) bo‘limida quyidagilarni yozing:
O‘zgarishlar nimalardan iborat
Nega bu o‘zgarish kerak edi
Qo‘shimcha eslatmalar (agar kerak bo‘lsa)
✍️ PR shablonidan foydalaning, agar mavjud bo‘lsa.
Masalan:
PR nomi: feat: blog sahifasiga infinite scroll qo‘shildi
Description:
Blog sahifasida scroll bilan yangi postlar avtomatik yuklanadi
Tanstack query ishlatildi
Faqat desktop versiyada ishlaydi, mobile uchun keyingi versiyada optimallashtiriladi
6. Code Review’ni kuting
PR ochilgandan so‘ng FIAS jamoasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sizdan:
Fikrlar (review) bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish
Qayta push qilish
so‘ralishi mumkin.
Agar siz barcha ko‘rsatmalarga rioya qilgan bo‘lsangiz, PR tezroq qabul qilinadi.
✅ PR birlashtirilgach, sizning hissangiz FIAS loyihasining rasmiy qismiga aylanadi!
Last updated