Xatoliklar va Funksional takliflar
Last updated
Last updated
FIAS ochiq manbali loyiha sifatida jamoaviy ishtirokni qadrlaydi. Agar siz xatolik (bug) topgan bo‘lsangiz yoki loyiha uchun foydali deb hisoblagan funksiyani taklif qilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi yo‘riqnomalarga amal qiling.
Xatolikni bildirayotganda, iloji boricha aniq va tushunarli bo‘lish muhim. Iltimos, quyidagi ma’lumotlarni taqdim eting:
📍 Joylashtirish: GitHub Issues bo‘limida yangi issue oching: 🔗
✏️ Issue nomi (Title):
Aniqlik va qisqalikka e’tibor qarating. Masalan: "Modal oynasi mobil qurilmalarda to‘g‘ri yopilmayapti"
📝 Tavsif (Description):
Quyidagi savollarga javob bering:
❓ Muammo nimada?
🔁 Qanday qilib uni takrorlash mumkin?
📷 Skrinshot yoki video (agar mavjud bo‘lsa)
💻 Qurilma va brauzer (mobil/desktop, Chrome, Safari va h.k.)
🌐 OS va versiya (Windows, macOS, iOS, Android)
🧪 Harakatlar: Siz nima qildingiz va nimani kutgandingiz?
🔍 Masalan:
Issue: “Modal mobilda yopilmayapti”
Description:
Modal oynasi "Close" tugmasi bosilganda yopilmayapti
Qurilma: iPhone 12, Safari
Tiklash uchun: menyudan kontakt bo‘limini oching → modal chiqadi → "Close" bosing → hech narsa bo‘lmaydi
Kutilgan natija: modal yopilishi kerak edi
Agar siz foydali deb hisoblagan yangi imkoniyat yoki optimallashtirish fikrini ilgari surmoqchi bo‘lsangiz, quyidagicha Issue yarating:
✏️ Issue nomi (Title):
“Taklif: yangi navigatsiya panel”
“Taklif: dark mode’da animatsiya optimizatsiyasi”
📝 Tavsif (Description):
Nima taklif qilmoqchisiz?
Nima uchun bu foydali?
Bu taklif qaysi foydalanuvchi muammosini hal qiladi?
Texnik tavsiyalar (ixtiyoriy)
📌 Masalan:
Title: “Taklif: Loading indicator har doim ekranning markazida ko‘rsatilishi”
Description:
Hozirgi loading spinner pastga surilgan holatda chiqmoqda
Agar spinner har doim ekranning o‘rtasida chiqsa, UX yaxshilanadi
Tailwind orqali position: fixed bilan hal qilish mumkin
Yangi issue ochishdan oldin, mavjud Issue’lar ro‘yxatini tekshiring. Balki siz aytmoqchi bo‘lgan muammo yoki taklif allaqachon kiritilgan bo‘lishi mumkin.
Agar shunday bo‘lsa:
Issue ostiga 👍 yoki ❤️ qoldiring
Izoh orqali qo‘shimcha ma’lumot yoki taklifingizni yozing
Har bir foydalanuvchi tomonidan bildirgan xatolik va takliflar loyiha sifatini oshirishda beqiyos ahamiyatga ega. Agar siz biror narsani sezsangiz — yozing. Biz sizni eshitamiz va fikringizni qadrlaymiz.
🙌 Tashakkur! Sizning hissangiz FIAS'ni yanada barqaror va foydali qiladi.
🧭 Havola: